"Real" Soboslai uchun o'z yarim himoya yulduzini taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5581

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda "Topskills Sport UK" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi vengriyalik futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. Kelishuv doirasida "qaymoqranglilar" "qizillar"ga o'z yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani taklif qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, "Liverpul" Soboslaini qo'yib yuborishni istamayapti va uni faqat 160 million evro evaziga sotishga rozi bo'lishi mumkin. Futbolchining o'zi esa haftasiga 350 000 evro miqdorida ish haqi olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252