Fichajes: Ferran Torres yozda 80 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1460

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres ilgari «Manchester Siti» safida to'p surgan Angliya chempionatiga qaytishi mumkin.
«Fichajes» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining transferiga «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Ko'klar» yozgi transfer oynasida hujumchi uchun 80 million evro taklif qilishga tayyor. Biroq «ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xansi Flik Torresning ashaddiy muxlisi hisoblanadi va u bunday transferning amalga oshishiga qarshi chiqmoqda.
Ferran Torres 2022 yilda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga 55 million evro evaziga o'tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi jamoa safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
326