Opta APL bo'yicha prognozlarini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

"Opta" kompaniyasi Angliya chempionatidagi chempionlik poygasi bo'yicha yangilangan prognozini taqdim etdi. Tegishli xabar ushbu statistik kompaniyaning saytida e'lon qilindi.
Avvalgidek, Londonning "Arsenal" klubi g'alaba uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. "To'pchilar"ning chempion bo'lish ehtimoli 90,54% ni tashkil etmoqda. Keyingi o'rinlardan quyidagi jamoalar joy olgan: "Manchester Siti" (8,17%), "Aston Villa" (1,14%), "Chelsi" (0,11%) va "Manchester Yunayted" (0,04%).
Mikel Arteta shogirdlari 25 ta o'yindan so'ng 56 ochko jamg'arishgan. "Manchester Siti" ulardan 6 ochko, "Aston Villa" 9 ochko, "Manchester Yunayted" 12 ochko va "Chelsi" 13 ochko orqada qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254