Garri Nevill «MYu» uchun ideal murabbiy nomzodini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1046

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill jamoaning bosh murabbiyi sifatida Karlo Anchelottini ko'rishni istamoqda.
«Men «Manchester Yunayted» uchun Anchelotti nomzodi haqida gapirgandim. Shunchaki menga shunday tuyulyaptimi, uning yoshini inobatga olsak, u hozir dunyodagi eng yaxshi ishga ega. Ehtimol, klub darajasida unda faqat bitta ish qolgandir. Agar sizga sabr-toqatli, vazmin va APLda ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassis kerak bo'lsa — bu Anchelotti», — deya Nevillning so'zlarini «The Touchline» nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti hozirda Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda. Avvalroq u klub darajasida faqat «Real»ni boshqarishga tayyorligini aytgan edi.
Hozirda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
325