Slot Jo Gomesning holati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot seshanba kungi matbuot anjumanida himoyachi Jo Gomesning holati haqidagi savolga javob berdi. Futbolchi jarohati sababli jamoaning so'nggi o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi.
"Jo hali biz bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi. Bugun u ilk mashg'ulotini o'tkazishini kutyapman. Agar Gomes maydonga tusha olmasa, bizda ushbu pozitsiyada o'ynagan to'rt nafar futbolchi safdan chiqqan bo'ladi. Ammo Jons va Endo avvalroq bu erda o'ynashgan, shu bois bu mavsumda o'ng qanot himoyasida olti xil o'yinchini sinab ko'rdik", — dedi Slot jurnalistlarga.
Chorshanba kuni, 11 fevral kuni "Liverpul" APL doirasida safarda "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230