"Barselona" prezidentligiga nomzod Laportani firibgarlikda aybladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font Joan Laportaning "ko'k-anorranglilar" rahbari sifatidagi faoliyatini keskin tanqid qildi.
Fontning fikricha, Laporta klubga tegishli sport ob'ektlarini rekonstruktsiya qilish bo'yicha bergan va'dalarini bajarmayapti.
"Laporta ommaviy axborot vositalariga go'yoki yangi loyiha haqida xabar berib, klub a'zolari bilan yana o'yin o'ynamoqda, vaholanki bu loyihaning moliyaviy asosi yo'q. Bu — saylov oldidan odamlar e'tiborini chalg'itish va aldashning navbatdagi misolidir", — deya Fontning so'zlarini "Diario Sport" nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, yangi prezident uchun saylovlar mart oyida bo'lib o'tadi. Hozirda prezident vazifasini Rafael Yuste bajarmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230