Slot Soboslaining qizil kartochkasiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Liverpul" ustozi Arne Slot Angliya chempionati doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'yinda Dominik Soboslaining chetlatilgani borasidagi savolga javob berdi.
"Mening fikrim o'zgargani yo'q. Qizil kartochkani ko'rganimda, Soboslaining "Sanderlend"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasligidan xafa bo'ldim. Ammo boshqa tomondan, menimcha, hakam qilishi kerak bo'lgan ishni qildi. Qoidalar mavjud va hakamlar ularga amal qilishga majbur", — dedi Slot seshanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
"Liverpul" hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230