Klopp "Real"ni boshqaradigan bo'lsa, qaysi futbolchini olishni istashini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452

Germaniyalik 58 yoshli murabbiy Yurgen Klopp "qaymoqranglilar"ga ustozlik qiladigan bo'lsa, yozgi transfer oynasida ishlash shartlarini "Real" rahbariyatiga ma'lum qildi. Bu haqda Defensa Central nashri yozmoqda.
Manbalarga ko'ra, Klopp "Real" bilan hamkorlik qilish uchun ikki yarim himoyachi va ikki markaziy himoyachi sotib olishni shart qilib qo'ymoqda. Bundan tashqari, klub hozirda Frantsiyaning "Lion" klubida o'ynayotgan Endrikni ijaradan qaytarishi kerak.
Klopp bungacha "Maynts", "Borussiya Dortmund" va "Liverpul" klublarida ishlagan. Mutaxassis mersisaydliklar ustozi lavozimini 2024 yilda tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244