Krouford Muhammad Alini misol qilib keltirib, nima uchun boksdagi faoliyatini davom ettirmasligini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Uch vazn toifasida mag'lubiyatga uchramagan sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Terens Krouford nima uchun boksdagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini afsonaviy vatandoshi Muhammad Alini misol qilib keltirdi.
"Muhammad Ali boksdan o'z vaqtida ketmadi. Unga nima bo'lganini ko'ring. Biz bunday bo'lishni istamaymiz... u bunga arzimaydi", - deya Kroufordning so'zlarini keltiradi Source of Boxing X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Terens Krouford professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgandi. U 42-0 rekordi bilan mag'lubiyatsiz bokschi sifatida sportni tark etdi. U uchta vazn toifasida tarixdagi birinchi mutlaq jahon chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241