Adesanya MMA’dagi faoliyatini yakunlaganidan keyin nima bilan shug'ullanishni istashi haqida gapirib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

UFC’ning ikki karra chempioni nigeriyalik Israel Adesanya aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlagach, rejalari haqida gapirdi.
"Men DJ bo'lishim mumkin. Bunga to'rt oy vaqtim ketdi va men buni a'lo darajada uddaladim. Men shunchaki dijey emasman, balki chiqish qilaman va shou uyushtiraman. Bizda Gollivuddan ham takliflar bor... Ammo men EA, Activision, barcha video o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda ishlashni va o'yinlar yaratishni afzal ko'rgan bo'lardim", - dedi Adesanya o'zining YouTube kanalida.
Eslatib o'tamiz, 28 mart kuni UFC Fight Night 271 turnirida Adesanya amerikalik Jo Payferga qarshi jang qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250