Karvaxalning "Real"dagi noroziligi sabablaridan biri ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Himoyachi Dani Karvaxal "Real"dagi hozirgi vaziyatidan norozi. "The Touchline" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, 34 yoshli Karvaxal jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uni "jiddiy qabul qilmayapti" deb hisoblaydi.
Karvaxal o'z navbatida hali ham top-darajaga mos ekanligiga ishonchi komil. Futbolchining noroziligiga asosiy sabablardan biri — bo'lajak Jahon chempionatiga eng yaxshi sport formasida etib borish istagidir. Yaqinlashib kelayotgan mundial sababli Dani "Real"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan tashvishda.
"Real" La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini 14 fevral kuni o'z maydonida "Real Sosedad"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247