Ansu Fatiyning akasi Yamalning uyida sodir etilgan jinoyatda gumon qilinmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 456

Barselonada "Monako" hujumchisi Ansu Fatining akasi tomonidan sodir etilgan bo'lishi mumkin bo'lgan jinoyat yuzasidan tergov boshlandi. Niderlandiya fuqarosi "Barselona" yarim himoyachisi Lamin Yamalning uyida jinsiy zo'ravonlikka uchraganini da'vo qilmoqda. Bu haqda "Abc" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, voqea 7 fevral kuni sodir bo'lgan. Qiz tungi klubdagi ziyofatga borgan va u erda Fatining akasi — Fatino bo'lgan. Keyinchalik kompaniya Barselonadagi uylardan biriga yo'l olgan. Keyingi kuni ertalab qiz yalang'och holda uyg'ongan va unga nisbatan "nomunosib tarzda teginishganini", bu esa uni uyg'otib yuborganini ta'kidlamoqda. U giyohvand moddalar ta'sirida bo'lgan holda jinsiy zo'ravonlik qurboni bo'lgan bo'lishi mumkinligini gumon qilib, shifoxonada tahlil topshirgan.
Politsiyaga birinchi murojaati vaqtida qiz nomunosib teginishlardan so'ng Fatinoning yuziga tarsaki tushirganini aytgan. U hozircha politsiyaga rasmiy ariza topshirmagan va tahlil natijalarini kutmoqda. Ayni damda surishtiruv ishlari uning so'zlariga asoslangan.
Shuningdek, qiz voqea Yamalning uyida sodir bo'lganini da'vo qilmoqda, biroq "Barselona" klubi bu ma'lumotni rad etdi. Politsiyadagi manbalar voqea boshqa joyda yuz berganini tasdiqlashdi. Fatinoga yaqin shaxslar esa qizning so'zlari haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytib, ayblovlarni qat'iyan inkor etishdi.

Bosh sahifaga
293