"Real" top-yarim himoyachini 75 million evroga sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 432

Italiya terma jamoasi va "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga Madridning "Real" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Tuttojuve" nashrining xabariga ko'ra, "qirollik klubi" xavbekni yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. "Qaymoqranglilar" ushbu kelishuv uchun 75 million evro ajratishga tayyor.
Avvalroq, Sandroga Londonning "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli italiyalik futbolchi 25 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi va uchta sariq kartochka oldi. Uning "qarg'alar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
280