Arne Slot iste'fo yoqasida: "Liverpul" rahbariyati murabbiy oldiga qat'iy talab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot "Liverpul" bosh murabbiyligidan bo'shatilishi mumkin. Bu haqda "Football Insider" jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, agar mavsum yakunlariga ko'ra jamoa UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, mersisaydlik top-klub rahbariyati murabbiy bilan xayrlashishi mumkin.
So'nggi uchrashuvda "Liverpul" o'z maydoni — "Enfild"da "Manchester Siti"ni qabul qildi. Unda mezbonlar o'yin so'nggida ikkita gol o'tkazib yuborib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradilar.
APLning 25 turidan so'ng, Slot shogirdlari 39 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi o'rinda borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283