Mircha Luchesku shifoxonadan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku shifoxonani tark etdi, deya xabar bermoqda "Fanat1k" nashri.
Yakshanba kuni, 9 fevral holatiga ko'ra, 80 yoshli mutaxassis to'liq tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tekshiruvlar yakunida shifokorlar unga uyiga ketishga ruxsat berishdi — barcha tahlillar a'lo natijalarni ko'rsatdi.
Kutilishicha, Luchesku yaqin vaqt ichida o'z ishiga qaytadi va milliy jamoani 26 mart kuniga belgilangan Turkiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasidagi o'tish o'yiniga tayyorlashni davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, 80 yoshli Luchesku yanvar oyi oxirida sog'lig'i yomonlashgani va yuragidagi muammolar sababli Ruminiyada zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

Bosh sahifaga
311