"Chikago Fayr" ustozi Levandovskining MLSga o'tishi mumkinligiga sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

"Chikago Fayr" bosh murabbiyi Gregg Berxalter "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining ehtimoliy transferi haqida o'z fikrini bildirdi.
"Levandovski va "Chikago Fayr" o'rtasidagi muzokaralarga izoh bermayman, lekin shuni aytishim mumkinmi, u — ajoyib futbolchi. So'nggi 15 yil ichida [Evropaning] kuchli beshlik ligalarida Levandovskidan ko'p gol urgan birorta ham o'yinchi yo'q. U qaerda o'ynamasin, gol urishni uddalaydi.
Men uning ashaddiy muxlisiman. Ko'p yillardan beri uni kuzatib kelaman va aminmanki, agar siz futbolni va gollarni yaxshi ko'rsangiz, Levandovski albatta sizga yoqadi"", — dedi Berxalter.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312