Andrey Shevchenko Sergey Rebrovning kelajagi haqidagi savollarga nuqta qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 464

"Milan" va Londonning "Chelsi" klublari sobiq hujumchisi, hozirda Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) rahbari Andrey Shevchenko milliy terma jamoa ustozi Sergey Rebrovning kelajagi borasida fikr bildirdi.
"Biz Sergey Stanislavovichni almashtirish masalasini ko'rib chiqayotganimiz yo'q. U o'z ishini xotirjam davom ettirishi mumkin", — deya rahbarning so'zlarini keltiradi UAF matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Rebrov 2023 yilda Ukraina terma jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga olgan edi. Uning qo'l ostida jamoa Evro-2024 final bosqichida ishtirok etdi va hozirda JCh-2026 saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311