Neymar safga qaytmoqda: "Santos" yulduzi keyingi o'yinda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Santos" hujumchisi Neymar menisk jarohatidan so'ng jamoa tarkibiga qaytishga yaqin turibdi. "Ge.Globo" nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra, yulduzli futbolchini shu dam olish kunlari bo'lib o'tadigan "Velo Klub"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritish rejalashtirilgan.
Qayd etish joizki, Neymar so'nggi bor maydonda bundan ikki oy avval, "Kruzeyro"ga qarshi bahsda ko'rinish bergan edi.
Hozirgi vaqtda braziliyalik yulduz hujumchining bozor qiymati 10 million evroni tashkil etadi. Neymarning amaldagi klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning dekabr oyi oxirida yakuniga etadi.
Evropada hujumchi "Barselona" va "PSJ" klublaridagi o'yinlari orqali tanilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312