Albertini: "Milan"dagi eng yaxshi xotira - Afinadagi final"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 493

Italiyaning "Milan" klubi sobiq yarimhimoyachisi Demetrio Albertini 1994 yilning 18 may kuni "Milan" Chempionlar Ligasi finalida "Barselona"ni 4:0 hisobida mag'lub etganini iliq xotirlaydi. O'sha kunni Albertini "Milan"dagi faoliyati davomidagi eng yaxshi xotirasi deb hisoblaydi.
"Ajoyib o'yin bo'ldi. Umuman, yil bo'ronli keldi. Massaro ikkita gol urdi, bu daho Savichevich ham, do'stim Marsel Desayi ham gol urdi. Biz u bilan himoyada ajoyib juftlik edik", - deya Albertini so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, faoliyatining so'nggi pallasida Albertini "Barselona"da ham o'ynashga ulgurgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213