Albertini: "Milan" - hayotimning eng yaxshi yillari"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Italiyaning "Milan" klubi sobiq yarimhimoyachisi Demetrio Albertini klubda o'tkazgan yillarini faoliyatidagi eng yaxshi yillar deb hisoblamoqda.
"Men har doim "Milan"dagi yillarni hayotimdagi eng yaxshi yillar deb hisoblaganman va shunday bo'lib qoladi. Klubga 11 yoshimda kelib, 31 yoshimda ketdim, bu yigirma yil quvonch va muvaffaqiyatlarga to'la bo'ldi. A Seriyada debyut qilish boshqa, u erda 15 yil o'ynash boshqa. Bu katta farq", - deya Albertini so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, faoliyatining so'nggi pallasida Albertini "Barselona"da ham o'ynashga ulgurgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213