Gasperini Malenni van Basten bilan taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

Italiya A Seriyasining 24-turidan o'rin olgan so'nggi o'yinda "Roma" "Kalyari" darvozasiga ikkita to'p kiritdi va har bir bo'limda bittadan gol urdi. Ikkala safar ham buni Niderlandiya vakili Doniell Malen amalga oshirdi.
"Roma" ustozi Jan Pero Gasperini uni Marko van Basten bilan taqqosladi, shuningdek, Janluka Vialli bilan o'xshashliklarga e'tibor qaratdi.
"Van Basten jismonan Malendan biroz farq qilardi, Vialli bilan esa ko'p o'xshashliklarni ko'ryapman - xuddi shunday chaqqon va ochilib keta oladigan. O'xshash jihatlar juda ko'p", - deya Gasperinining so'zlarini keltiradi forzaroma.info.
Hozirda "Roma" Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266