Pochettino: "Bir kun kelib APLda g'olib chiqishimga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

"Tottenxem", "PSJ" va "Chelsi" klublarining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bir kun kelib Angliya Premer-ligasida (APL) g'olib chiqishiga ishonishini ma'lum qildi.
Hozirgi vaqtda Pochettino AQSh terma jamoasini boshqarmoqda va jamoani uyda o'tadigan JCh-2026ga tayyorlamoqda.
"Ha, men Premer-ligada g'olib chiqishimga ishonaman. Bu men uchun juda muhim. Agar sen ishonmasang, ichingda o'sha intilish, ishtiyoq va kurashish hissi bo'lmasa, muvaffaqiyatga erishish qiyin.
Chempionlar Ligasi — bu ajoyib turnir, u xuddi jahon chempionati kabi bir orzu. Lekin men ingliz futbolini chindan ham yaxshi ko'raman, futbol shu erda tug'ilgan.
Men harakat qilishda davom etaman. Afsuski, bu qaysi klub bilan amalga oshishini hozircha bilmayman", — dedi Pochettino "The High Performance Podcast" podkastida.

Bosh sahifaga
224