Nigeriya terma jamoasi ustozi Osimxen va Lukman o'rtasidagi ziddiyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

Viktor Osimxen va Ademola Lukman o'rtasidagi ziddiyat rasman yakunlandi — Nigeriya terma jamoasi ustozi Erik Shell shunday hisoblaydi. Nizoli vaziyat Nigeriya terma jamoasi yarim finalga qadar etib borgan Afrika Kubogi vaqtida yuzaga kelgan edi.
"Viktor Ademoladan hujumda kamroq o'ynab, tez-tez ortga qaytishni so'radi. Hayajon ustida janjal chiqib ketdi, bunday holat har qanday kiyinish xonasida sodir bo'lishi mumkin. Ehtimol, Viktor biroz haddan tashqari asabiylashgandir", — dedi mutaxassis. Uning so'zlaridan "RMC Sport" iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Senegal terma jamoasi Afrika Kubogi g'olibiga aylandi. Dramatik va mojarolarga boy kechgan final uchrashuvida ular Marokash terma jamoasini mag'lub etishdi.

Bosh sahifaga
190