Luis Enrike de Dzerbini maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302

Frantsiya chempionati doirasida "PSJ" o'zining eng ashaddiy raqibi — "Marsel"ni tor-mor keltirdi - 5:0. Shunga qaramay, parijliklar ustozi Luis Enrike o'zining hamkasbi — hujumkor futbol tarafdori sifatida tanilgan italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbining ishiga yuqori baho berdi.
"Menga uning ishlash uslubi yoqadi. Uning hujumkor futbol tarafdori ekani va doim g'alabaga intilishini qadrlayman. U — Frantsiya chempionatidagi eng yaxshi murabbiylardan biri", — deya Enrikening so'zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Ma'lumot uchun, "PSJ" va "Marsel" o'rtasidagi markaziy bahs (Le Classique) 5:0 hisobida parijliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarni Usmon Dembele (dubl), Xvicha Kvaratsxeliya va Li Kan In kiritgan bo'lsa, yana bir gol mehmonlar tomonidan o'z darvozasiga yo'llandi.
Hozirda "PSJ" Frantsiya chempionati turnir jadvalida 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va "Lans"dan ikki ochko oldinda bormoqda. "Marsel" esa 39 ochko bilan to'rtinchi o'rinda joylashgan.

Bosh sahifaga
203