A Seriya. "Roma" "Kalyari"ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

Italiya chempionatining 24-turida "Roma" o'z maydonida "Kalyari"ni mag'lub etdi - 2:0.
Har bir bo'limda Doniell Malen bittadan gol urdi.
"Roma" ochkolarini 46taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Rim jamoasi qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha 4-o'rindagi "Yuventus"dan (46) ortda qolmoqda.
"Kalyari" ketma-ket uchta g'alabadan iborat seriyasiga nuqta qo'ydi. 28 ochkosi bor jamoa 12-pog'onadan joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168