Santi Kasorla Ispaniya futbolidagi tartibsizlikdan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Ovedo" sardori Santi Kasorla o'z jamoasining 7 fevralga belgilangan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yini boshlanishiga bir necha soat qolganda bekor qilinganidan so'ng La Liga rahbariyatini keskin tanqid qildi.
Bunday qaror qabul qilinishiga "Valekas" stadionidagi maysa (gazon) holatining xavfsizlik talablariga javob bermasligi sabab bo'lgan.
"Ovedo" klubi jamoa va uning muxlislari allaqachon Madridga etib kelganini inobatga olib, xabarning bunchalik kech berilganini qoraladi. Klub rasmiy bayonotida ushbu holat yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritish imkoniyatini ko'rib chiqayotganini ma'lum qildi.
"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Kasorla ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o'z noroziligini bildirdi: "Reallik shundaki, La Liga barcha ma'noda Premer-ligadan ancha ortda qolmoqda", — deb yozdi 41 yoshli ispaniyalik futbolchi.
Kasorla "Arsenal"da olti yil o'ynab, London klubi bilan ikki bor Angliya Kubogini qo'lga kiritgan. 2023 yilning avgustida u "Ovedo"ga qaytdi va jamoaga 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra La Ligaga chiqishda yordam berdi.

Bosh sahifaga
191