"Portu" va "Sporting" durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Portugaliya chempionatining 21-turida "Portu" o'z maydonida "Sporting" bilan durang o'ynadi - 1:1.
O'yinning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan "Portu"ning ivuarlik hujumchisi Seku Fofana hisobni ochdi. Uchrashuvning 90+10-daqiqasida mehmonlarning kolumbiyalik forvardi Luis Xaver Suares penaltini aniq amalga oshirolmagach, javob golini urdi.
"Sporting" ketma-ket ettita o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti (oltita g'alaba va bitta durang). U Portugaliya chempionati turnir jadvalida 21 o'yindan keyin 52 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. "Portu" (21 o'yindan keyin 56 ochko) peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202