"Chelsi" o'z yulduzini qo'yib yubormoqchi emas, lekin "MYu" voz kechmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

Yozda "Manchester Yunayted" "Chelsi"ning 23 yoshli yarim himoyachisi Koul Palmerni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbalarning qayd etishicha, "aristokratlar" bosh murabbiyi Liam Rosenor futbolchi jamoada baxtli ekani va hech qaerga ketmoqchi emasligi haqida ommaviy bayonotlar berganiga qaramay, Palmer mankunianliklar uchun ustuvor maqsad bo'lib qolmoqda. Insayderlarning ta'kidlashicha, Palmer "Old Trafford"ga o'tishga ochiq. Biroq, "Chelsi" o'yinchi uchun kamida 150 million funt talab qiladi.
Palmer "Chelsi"ga "Manchester Siti"dan o'tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172