«Atletiko» yozda yarim himoyani kuchaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369

Madridning «Atletiko» klubi kelayotgan yozgi transfer oynasida markaziy chiziqni kuchaytirish uchun faol harakat boshlashni rejalashtirmoqda.
Insayderlarning xabar berishicha, Diego Simeonening short-listidan quyidagi futbolchilar o'rin olgan:
Ederson («Atalanta»): Bergamoliklar safida barqaror o'yin ko'rsatayotgan braziliyalik futbolchi madridliklarning asosiy maqsadlaridan biri.
Leon Gorettska («Bavariya»): Tajribali nemis yarim himoyachisi «Atletiko»ning o'yin uslubiga juda mos tushishi kutilmoqda. Shuningdek, u yozda erkin agentga aylanadi.
Ueston Makkenni («Yuventus»): Turinliklarning amerikalik universal futbolchisi ham Madrid klubi e'tiborida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169