«Rizespor» Husniddin Aliqulov bo'yicha muhim yangilikni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

O'zbekiston milliy jamoasi markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov "Rizespor"dagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Turk klubi 26 yoshli hamyurtimiz bilan amaldagi kelishuvni 2027 yilning yozigacha uzaytirganini e'lon qildi.
Hozirda Aliqulov xochsimon bog'lam jarohatini davolamoqda. U 6-9 oy maydondan tashqarida bo'ladi.
Husniddin 2023 yilda "Nasaf"dan 400 ming evroga xarid qilingandi. U turk jamoasi uchun jami 68 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160