«Yunayted» 17 million evrolik futbolchi uchun katta mablag' sarflamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 540

«Manchester Yunayted» Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Rokko Rayttsning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, ingliz grandi futbolchi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor. Rayttsning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. «Transfermarkt» portali o'yinchining qiymatini 17 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Rokko Raytts Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasi safida 24 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171