«MYu» bosh murabbiyi «Everton» va «Vest Xem»ga qarshi o'yinlar oldidan tarkib haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik yarim himoyachi Meyson Maunt va himoyachi Matteys de Ligtning holati haqida fikr bildirdi.
«Maunt, katta ehtimol bilan, seshanba kungi o'yinda maydonga tushishga tayyor bo'lmaydi. U biroz kechroq safga qaytsa kerak. «Everton» bilan bahsgacha u tayyor bo'ladi.
De Ligtning «Everton» bilan o'yingacha bo'lgan tiklanish jarayonini kuzatamiz. Ushbu uchrashuvgacha hali vaqt bor, shuning uchun vaziyatga qaraymiz. De Ligt ijobiy kayfiyatda, ammo Maunt safga qaytishga yaqinroq», — dedi Kerrik matbuot anjumanida.
10 fevral kuni «Manchester Yunayted» «Vest Xem»ga qarshi, 23 fevralda esa «Everton»ga qarshi bahs olib boradi. Har ikki o'yin «qizil iblislar» uchun safarda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
169