Keyn: «Mavsum endi haqiqatdan ham boshlanadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 714

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn jamoaning yaqin kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Myunxenliklar ayni damda 3 ta turnirda g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.
«Biz mavsumning hal qiluvchi pallasiga kirib borayotganimizni bilamiz. Ikkinchi o'rindagi jamoadan yaxshigina farq bilan oldindamiz, ammo o'tgan hafta ko'rganimizdek, bu farq tezda qisqarishi mumkin», — deya Keynning so'zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
«Mavsum boshidanoq asosiy e'tiborni fevral-mart oylarigacha tarkibda jarohatlarsiz, yuqori pog'onalarda etib kelishga qaratgan edik. Biz hamon turnir jadvalida peshqadammiz, Germaniya Kubogi uchun kurashyapmiz va Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo'l oldik. Bu biz uchun ijobiy holat. Endi mavsum haqiqatdan ham boshlanadi. Biz qattiq ishlashda davom etishimiz va bizni kim quvib eta olishini ko'rishimiz kerak», — dedi Keyn.
«Bavariya» hisobida 54 ochko mavjud. Dortmundning «Borussiya» klubida 48 ochko bor. Keyn 24 ta gol bilan Bundesliga to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.

Bosh sahifaga
201