O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Rivojlanish kubogi”da ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13157

U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 13 fevraldan Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.
Sergey Chigodaev boshqaruvidagi jamoamiz yig'inning ikkinchi qismini 18–24 fevral kunlari Minsk shahrida davom ettiradi va an'anaviy “Rivojlanish kubogi” xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.
Vakillarimiz musobaqaning “B” guruhidan o'rin olgan bo'lib, Belarus, Ozarbayjon va Rossiyaga qarshi bahs olib boradilar.
Shuningdek, turnirda Tojikiston va Qozog'iston U-17 terma jamoalari ham qatnashadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191