"Torino"ni Simeone sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 818

Jovanni Simeone Italiyaning "Torino" klubi bilan to'laqonli shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Simeonening shartnomasidagi sotib olish optsiyasi chempionatning so'nggi turida "Fiorentina"ga qarshi o'yindan keyin faollashtirilgan. "Torino" "Napoli"ga 7 million evro to'ladi va futbolchi bilan yana 1 mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi.
Simeone o'tgan yozda 1 million evro evaziga ijara asosida "Torino"ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda 30 yoshli futbolchi 21 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206