"Manchester Siti" "Everton" xavbekiga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

"Everton" markaziy yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xoll "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar bilan Fichajes bo'lishdi.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli xavbekni "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, "shaharliklar" futbolchini "Everton"ga o'tishidan oldinroq kuzata boshlagan va hamon uni yuqori baholamoqda. Potentsial bitim qiymati taxminan 46 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Dyusberi-Xoll 18 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Dyusberi-Xollning "Everton" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
233