"Yuventus" iste'dodli himoyachi uchun "Inter" bilan bahslashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

OAVda yozilishicha, "Sassuolo" himoyachisi Tariq Muharemovich "Yuventus" va "Inter"ning e'tiborida bo'lib turibdi.
Ta'kidlanishicha, turinliklar futbolchini taxmin qilinayotgan transferning yarmiga qaytarishi mumkin, chunki u ilgari ushbu klubda o'ynagan. Shuningdek, Muharemovichga "Bornmut" ham da'vogarlik qilmoqda. Ammo ingliz klubi autsayder hisoblanadi.
Tariq Muharemovich joriy mavsum "Sassuolo" safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231