Superkompyuter "Manchester Siti"ning "Liverpul" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng APL chempioninini bashorat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 618

Londonning "Arsenal" klubi Angliya premer-ligasi chempionlik poygasining yaqqol favoriti hisoblanadi. Opta superkompyuterining bahosiga ko'ra, Mikel Arteta jamoasining uzoq kutilgan chempionlik uchun imkoniyati 91,41 foizga teng.
Ro'yxatning ikkinchi pog'onasini "Manchester Siti" egallagan. Xosep Gvardiola shogirdlarining zafar quchishi ehtimoli 7,09 foizga baholanmoqda. Oltin medalga da'vogarlar reytingining kuchli uchligini Birmingemning "Aston Villa" klubi yakunlab berdi - 1,36 foiz.
Angliya chempionatida o'tkazilgan 25 turdan so'ng "kanonirlar" ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"ni 6 ochkoga ortda qoldirib, yaqqol peshqadamlik qilmoqda. "Aston Villa" 1-o'rindan 9 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217