"Tottenxem" "Milan" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

"Milan" vingeri Kristian Pulishich Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
GiveMeSport xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, "rossonerilar" amerikalik futbolchini yozgi transfer oynasida taxminan 55 million evroga qo'yib yuborishi mumkin.
Pulishich 2023 yilning iyulida "Chelsi"dan 20,8 million evro evaziga "Milan" futbolchisiga aylangandi. Ushbu mavsumda vinger barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'nta gol urdi va ikkita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Pulishichning Italiya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252