Kolo-Muani nima uchun qishki transfer oynasida «shporlar»dan ketmoqchi bo'lgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Frantsiyalik hujumchi Randal Kolo-Muani Londonning «Tottenxem» klubida doimiy asosda qolmaydi. Bu haqda «TEAMtalk» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «shporlar» ijara muddati yakunlangach, 27 yoshli hujumchini «PSJ»dan sotib olish niyatida emaslar. Ta'kidlanishicha, aynan shu sababli Kolo-Muani qishki transfer oynasida «Tottenxem»ni tark etmoqchi bo'lgan, biroq bu amalga oshmagan. Endilikda futbolchi bo'lajak Jahon chempionati uchun Frantsiya terma jamoasining yakuniy tarkibiga kirish imkoniyatlaridan tobora ko'proq xavotir olmoqda.
Joriy mavsumda Kolo-Muani barcha musobaqalarda 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258