Jezush Ronaldu bilan bog'liq vaziyat hal bo'lguncha yangi shartnoma imzolamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat bosh murabbiy Jorje Jezushning «An-Nasr»dagi kelajagiga ta'sir qilishi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis ko'p jihatdan o'zining yulduz hamyurti tufayli klub bilan shartnoma imzolashga rozi bo'lgan edi. 41 yoshli hujumchi jamoa o'yinlariga boykot e'lon qilishda davom etmoqda, yozda esa klubni tark etishi mumkin. «Al Nassr Zone»ning Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, Jezush Ronaldu bilan bog'liq vaziyat oydinlashmaguncha «An-Nasr» bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilmaydi. 71 yoshli mutaxassisning amaldagi kelishuvi mavsum yakunida nihoyasiga etadi.
Jorje Jezush o'z lavozimini 2025 yilning iyul oyida egallagan edi, bungacha u ikki yil davomida «Al-Hilol» jamoasini boshqargan.

Bosh sahifaga
270