Kellini Spallettining «Yuventus»dagi kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383

«Yuventus»da rahbarlik lavozimini egallab turgan mashhur sobiq futbolchi Jorjo Kellini bosh murabbiy Luchano Spallettining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Mutaxassis o'tgan yilning oktyabr oyi oxiridan beri «byankonerilar»ni boshqarib kelmoqda. Murabbiyning amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning yozida nihoyasiga etadi.
«Spallettining shartnomasi? Biz uning ishidan juda mamnunmiz. O'ylashimcha, uning «Yuventus»da ishlashdan mamnun ekanligini va shu erda qolishni istayotganini hamma ko'rib turibdi. Har narsaning o'z vaqti bor. Hech qanday shubha yo'q, shoshilishga hojat yo'q. Luchano loyihaga ishongani uchun ham hech qanday kafolatlarsiz shartnoma imzolagan edi», — deya Kellinining so'zlarini keltirmoqda OAV.

Bosh sahifaga
263