Bundesligada porlayotgan Olise ingliz grandlari nishonida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Myunxenning «Bavariya» klubi safida Bundesligada to'p surayotgan frantsiyalik vinger Maykl Oliseda Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tish variantlari paydo bo'ldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, Londonning «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari qimmatbaho futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Har ikki klub yozgi transfer oynasida Olise uchun kurashishga tayyor. Agar futbolchi uchun taxminan 150 million evro taklif qilinsa, «Bavariya» frantsiyalik bilan xayrlashishi mumkin.
Olisening Germaniya grandi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Joriy Bundesliga mavsumida 24 yoshli vinger 21 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 10 ta gol va 16 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
268