«Yuventus» himoyachisi jamoaning «Latsio»ga qarshi o'yinidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485

«Yuventus» himoyachisi Per Kalyulyu A Seriyaning «Latsio»ga qarshi o'yinidan (2:2) so'ng intervyu berdi.
Turinliklar zarbalar soni (32:8) va darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar (8:2) bo'yicha rimliklardan to'rt baravar ustunlik qilishdi, biroq mag'lub bo'lishlari ham mumkin edi: faqat 96-daqiqaga kelib Kalyulyu jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan ikkinchi golni urdi. O'yin davomida Luchano Spalletti jamoasi 0:2 hisobida ortda qolayotgan edi.
«Men xafaman. Raqib kam vaziyat yaratdi, lekin baribir ikkita gol urdi. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, g'alaba qozonishni istagandik, ammo afsuski, bu amalga oshmadi. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin yaxshiroq o'ynay boshladik va bu odamni g'azablantiradi, chunki o'yin boshidanoq shunday harakat qilishimiz kerak edi. Bizga raqib darvozasi oldida samaradorlik etishmayapti», — dedi Kalyulyu.
Aynan 25 yoshli frantsiyalik futbolchi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bosh sahifaga
283