«Atletiko» poygadan chiqdimi? Superkompyuter Ispaniyadagi chempionlik uchun taxminlarini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

«Barselona» va Madridning «Real» klublari La Liganing 23-turidagi o'z o'yinlarida g'alaba qozonishdi.
Shanba kuni «ko'k-anorranglilar» «Malorka»dan ustun kelishdi (3:0), bir kun o'tib esa «qaymoqranglilar» «Valensiya»ni mag'lub etishdi (2:0). Kataloniya grandi turnir jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda va madridliklarni atigi bir ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq Opta superkompyuterining hisob-kitoblariga ko'ra, «Barsa»ning chempionlik ehtimoli hozirda ancha yuqori baholanmoqda — 31 foizga qarshi 68 foiz. «Atletiko» esa oltin medallar uchun imkoniyatni deyarli yo'qotdi — «matraschilar»da bu ko'rsatkich 1 foizdan ham kam.
Kelgusi turda «Barselona» safarda «Jirona» bilan o'ynaydi, «Real» esa o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi. Uchrashuvlar mos ravishda 16 va 14 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
267