De Dzerbi «PSJ»dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Frantsiya Liga 1 musobaqasining 21-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda «Marsel» safarda «PSJ» jamoasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija haqida Provans klubi ustozi Roberto de Dzerbi o'z fikrlarini bildirdi.
"Hozircha bizning beqaror o'yinimiz bo'yicha menda echim yo'q. Faoliyatimda birinchi marta shunday past-balandliklari ko'p jamoani boshqaryapman. Juda xafaman, biz bunchalik yirik hisobda mag'lub bo'lmasligimiz kerak edi. Klub rahbarlari bilan gaplashib, birgalikda echim topishimiz zarur bo'ladi. Bu holat «Bryugge», «Renn» va «Lans» bilan o'yinlardan keyin ham sodir bo'lgandi", — deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda «RMC Sport».
Bugungi kun holatiga ko'ra, de Dzerbi shogirdlari 39 ochko bilan Frantsiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
278