«Liverpul» sobiq himoyachisini qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

«Bayer» markaziy himoyachisi Jarell Kuansa 2027 yilda «Liverpul»ga qaytishi mumkin. Bu haqda «Football Insider» xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Liverpul» 23 yoshli futbolchini «Bayer»dan qaytarib olish niyatida va buning uchun sotuv shartnomasiga kiritilgan qayta sotib olish bandidan foydalanmoqchi. Og'zaki kelishuvga erishilgan, biroq transfer faqat 2027 yilda amalga oshishi kutilmoqda.
O'tgan yozda «Liverpul» Kuansani «Bayer»ga 35 million evro evaziga sotgan edi. Ushbu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda ishtirok etdi va ikkita gol muallifiga aylandi.
«Transfermarkt» portali mutaxassislari angliyalik futbolchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230