Arbeloa zaxirada qolib ketayotgan Karvaxalning holatiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

Madridning «Real» klubi ustozi Alvaro Arbeloa jamoa sardori Daniel Karvaxal bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
34 yoshli o'ng qanot himoyachisi ketma-ket to'rtinchi o'yinda zaxira o'rindig'ida qoldi. Tajribali ispaniyalik futbolchi La Liganing yakshanba kuni bo'lib o'tgan va «qaymoqranglilar»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan «Valensiya»ga qarshi bahsida ham maydonda ko'rinish bermadi.
«Karvaxal kundan-kunga o'zini yaxshiroq his qilmoqda, asta-sekin formasiga qaytyapti. Biroq bizga shoshilishning kerak yo'q. O'ylaymanki, uning «Real» uchun naqadar muhim ekanini tushuntirishga hojat yo'q. Dani — jamoadagi barcha uchun o'rnakdir», — dedi Arbeloa.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227