Mbappe ham bu natijaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe muntazam ravishda gol urishda davom etmoqda.
Yakshanba kuni frantsuz futbolchisi "Valensiya"ga qarshi o'yinning 91-daqiqasida gol urib, "Los Blankos"ning 2:0 hisobidagi g'alabasini ta'minladi.
27 yoshli futbolchi bu mavsumda La Liganing 22 ta o'yinida 23 ta gol urdi. Madrid Zone nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe so'nggi o'n yillik tarixda La Liganing 23 ta o'yinidan keyin 23 ta gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi.
Bu natijaga erishgan oxirgi futbolchi Luis Suares (2015/16) bo'lgan va undan sal oldin Lionel Messi (2012/13) va Krishtianu Ronaldu (2014/15) bu natijaga erishishgan.
Barcha fikrlar: 1

Mbappe siiuuuuu
9 Fevral 2026, 08:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200