«G'azalkent» Antaliya yig'inidagi ilk o'yinida Rossiya klubini mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

«G'azalkent» klubi Turkiya yig'inidagi ilk nazorat uchrashuvida Moskvaning «Dinamo-2» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O'yinda vakillarimiz 3:2 hisobida g'alabaga erishishdi. Jamoamiz safida Ozod Ibodullaev, Feruzbek Olimov va Vladislav Nabatov gol muallifiga aylandi.
Jamoalarning o'zaro kelishuviga ko'ra uchrashuv 60 daqiqadan ikkita bo'lim - 120 daqiqa davom etdi.
Nazorat uchrashuvi, Turkiya, Antaliya
«G'azalkent» - «Dinamo-2» - 3:2
Gollar: Ibodullaev 24, Olimov 38, Nabatov 67 - Promoshkin 52, Xalilulaev 56.
Asosiy tarkib: Asror Kenjaev (sardor), Ozod Ibodullaev, Saddam Ahmadov, Abduvakil Hikmatullaev, Feruzbek Olimov, Adam Prisyajnyuk, Ivan Podtinniy, Muhammadyusuf Fayzullaev, Muhammadaziz Ro'ziboev, Muhammadyusuf Mirqodirov, Umidjon Turg'unov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Timofey Tolstenyov, Hojiakbar Yusufboev, Vladislav Nabatov, Abdurahmon Abdullaev, Azizillo Erkinjonov, Timofey Postnikov, Odilxo'ja Bahodirov, Dmitriy Lunyov, Behruz Jamolitdinov.

Bosh sahifaga
220